• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Bank-moliya akademiyasi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

2025-yil 11-fevral kuni Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov va AlmaU universiteti rektori Gulnara Kurenkeyeva o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xalqaro miqyosda tan olingan AMBA&BGA akkreditatsiyasi talablari asosida mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida ikkala oliy ta’lim muassasasi rektorlari AMBA&BGA standartlariga muvofiq kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni muhokama qildilar. Tomonlar ilg‘or tajribalarni almashish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish va akademik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Bundan tashqari, akademik almashinuv, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yondashuvlar orqali ta’lim sohasidagi yangi imkoniyatlar yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.