• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Xo‘jalik bo‘limi

Xo‘jalik bo‘limi

Ишанджанов Тўлашбек Ишанджанович - Хўжалик мудири

тел: +99871 237-45-51

эл.почта: office@bfa.uz

Зухритдинова Адиба Эркиновна - Омбор мудири

тел: +99871 237-45-51

эл.почта: office@bfa.uz

Қурбонов Фазлиддин Фарход ўғли - Комендант

тел: +99871 237-53-62

эл.почта: office@bfa.uz


UMUMIY QOIDALAR


 O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-son “Taʼlim to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 365-son “2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-son “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 24-dekabrdagi  PQ-61-son “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Bank-moliya akademiyasi Nizomi hamda Akademiyaning kengashining 2022-yil 28-martdagi  7-son bayonnomasi asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Xo‘jalik bo‘limi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Xo‘jalik bo‘limi (keyingi oʻrinlarda – Bo‘lim deb yuritiladi) Bank-moliya akademiyasining (keyingi o‘rinlarda – Akademiya deb yuritiladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.


BO‘LIMNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH


Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida, Akademiya Kuzatuv Kengashining qarori asosida, Akademiya rektorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi va tugatiladi.

Bo‘limining tuzilishi va uning shtatlari Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Ichki mehnat tartibi qoidalari, Odob-axloq qoidalari, shuningdek mazkur Nizom asosida o‘z faoliyatini tashkil etadi.


BO‘LIM VAZIFALARI, FUNKSIYALARI VA HUQUQLARI


Bo‘limning barcha xodimlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, tegishli organlarning yo‘riqnoma, topshiriq va boshqa hujjatlariga, Akademiya rektorining buyruq va farmoyishlariga hamda mazkur nizomga amal qiladilar.

Bo‘lim o‘z faoliyatida Akademiyaning Moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi.

Mazkur nizom bo‘lim faoliyatining asoslarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek tashkiliy asoslarini belgilab beradi.

Xo‘jalik bo‘limi Akademiya bo‘linmalariga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatadi, Akademiya binosi va unga biriktirilgan hududni yong‘in xavfsizligi va sanitariya me’yorlariga rioya qilgan holda saqlaydi.

Xo‘jalik bo‘limini bo‘lim boshlig‘i boshqaradi. U moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektor tavsiyasiga binoan Akademiya rektorining buyrug‘i asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Binodan foydalanish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlari bo‘limning barcha xodimlari tomonidan ijro etilishi uchun majburiy hisoblanadi.

Binodan foydalanish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Akademiya rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda hamda bo‘lim vazifalarining bajarilishini inobatga olib bo‘lim xodimlarining ish tartibini belgilaydi.

Xo‘jalik bo‘limi strukturasi bo‘lim boshlig‘i tomonidan xo‘jalik xizmatlari funksiyalarini bajarish zaruriyatidan kelib chiqib, shuningdek Akademiya tuzilmasini hisobga olgan holda belgilanadi va Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.


Bo‘limning vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari


  • Akademiya professor-o‘qituvchi, xodimlari va ta’lim oluvchilar uchun binoni ish kuniga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • o‘quv jihozlari, asbob-uskunalar va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi, Akademiya moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish;
  • Akademiya binosi va qo‘shimcha obyektlarining texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda doimiy o‘rganib borish;
  • qurilish-ta’mirlash ishlarining bajarilishi va jihozlanishi monitoringini olib boradi hamda rahbariyatga o‘rnatilgan tartibda ma’lumotlar taqdim etish;
  • o’z faoliyati davrida mutasaddi xodimlar ishtroki bilan Akademiyaning moddiy-texnik bazasini o‘rganib chiqib, binoni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, zarur bo‘lgan jihozlar bilan to‘liq ta’minlash maqsadida rahbariyatga taqdim qilish;
  • yangi o‘quv yili va mavsumga tayyorgarlik yuzasidan Akademiyani ta’mirlash rejalarini ishlab chiqadi va o‘rnatilgan tartibda rahbariyatga taqdim etish;
  • mavsumga tayyorgarlik jarayonida tegishliligicha elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlaydi va ma’lumotlarni prorektorga taqdim etish;
  • Akademiya binosi va ulardagi mavjud jihozlarning saqlanishini “Barcha ta’lim tizimidagi bino va inshootlarining saqlanishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi hamda “Barcha ta’lim muassasalarining mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va inventarlaridan samarali foydalanish hamda ularni saqlash to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomalarga asosan ishlarni olib borilishini ta’minlash;
  • Akademiya hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik qilish;
  • o‘ziga bo‘ysunuvchi texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishini muvofiqlashtirish;
  • Akademiyada sanitariya–gigiyena talablari, texnika xavfsizligi va yong‘indan himoyalanish qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash.

Bo‘limning huquq va majburiyatlari


  • bo‘limning huquqlari va majburiyatlari quyidagilardan iborat:
  • bo‘lim tasarrufiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan aloqalar olib borish;
  • bo‘lim nizomiga qat’iy amal qilish;
  • bo‘limining istiqboli va moliyaviy harakatiga doir Akademiya tomonidan chiqarilgan qarorlariga amal qilish;
  • barcha buyruq va farmoyishlarni bajarish;
  • xodimlarning o‘z vazifalarini bekamiko‘st bajarishi, ahillik va inoqlikda ishlashlari uchun doimo g‘amxo‘rlik qilish;
  •  bo‘limning yanada salmoqli bo‘lishi va har tomonlama rivojlanib borishiga katta e’tibor berish va bu yo‘nalishda doimiy suratda izlanish.