Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
Tel.: +998 71 237 50 11
E-mail: office@bfa.uz
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tarkibidagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” maqomi, asosiy maqsadi, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq amalga oshiiriladi.
“Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” Bank-moliya akademiyasi rektoriga bo’sunadi.
Bo‘lim nizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 3-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomini tasdiqlash haqida”gi 13 va 51-q/q-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan.
Bo‘limning asosiy maqsadi Akademiya tinglovchi (talaba)lari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, Akademiyani ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, hamda Akademiya rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari