• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Vakillarimiz xalqaro malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar

Bank-moliya akademiyasi vakillari iqtisodiyot va moliya sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish maqsadida Malayziyada tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etib, bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar.

“Edu-Tour 2025” nomi ostida tashkil etilgan mazkur dastur doirasida qatnashchilar Malayziya bank-moliya tizimining zamonaviy yondashuvlari, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari, raqamli texnologiyalarni joriy etish amaliyotlari bilan tanishdilar. Treninglar davomida ishtirokchilar uchun maxsus amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar hamda tajriba almashish sessiyalari o‘tkazildi.

Malaka oshirish dasturi Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Malaya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, uning yakunida Bank-moliya akademiyasi vakillariga maxsus ishtirok sertifikatlari topshirildi.