Tashkil etilishi va rivojlanish tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1460-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 180-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. 1996-yili O‘zbekiston Respublikasi Banklari Assosiasiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tashkil qilish borasida ilk marotaba so‘z ochildi. Va shu yilning iyun oyidan Akademiyani tashkil qilish borasida amaliy ishlar boshlab yuborilgan bo‘lsa, shu yilning 4-noyabr sanasida Akademiya ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi - bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Batafsil ma‘lumotProfessor va o'qituvchilar
Ta'lim resurslari
Tinglovchilar
Tadqiqotchilar
Moliaviy texnologiyalar (FinTech) sohasida dasturchilar va buyurtmachilar bilan hamkorlik!
Batafsil ma‘lumotBank-moliya akademiyasi - o'z sohasining professionali bo'lishni xohlovchilar uchun!
Batafsil ma‘lumot