- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Kuzatuv Kengashining qarorlari hamda Akademiya Kengashi qarorlari, Akademiya rektorining buyruqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
- Bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlar, yo‘riqnomalar va qoidalar ishlab chiqish;
- Fakultetda ta’lim jarayonini biznes va menejmentning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha talaba va tinglovchilarning fundamental bazaviy, shuningdek amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlash, ularning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanish negizida, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari hamda ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, tinglovchi(talaba)da tahliliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan dastur va o‘quv-metodik materiallar asosida tashkil etish;
- Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
- Fakultet xodimlari, professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, tinglovchi va talabalari o‘rtasida korporativ ruhni shakllantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish;
- Fakultetda ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-pedagogik faoliyatni olib borish;
- Ilmiy-tadqiqot to‘garaklari faoliyatini tashkil etish va iqtidorli yoshlarning biznes va menejment sohasida olimpiada hamda turli mahalliy va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda ishtirokini ta’minlash;
- Xorijiy ta’lim muassasalari va moliya institutlari hamda professional tashkilotlar bilan xalqaro aloqalarni, shu jumladan xalqaro hamkor fakultetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
- Akademiyaning strategik rivojlanish yo‘lidan kelib chiqqan holda fakultetning o‘quv, ilmiy, ilmiy-uslubiy va tashkiliy faoliyatini muvofiqlashtirish va Akademiyada fakultet reytingini yaxshilash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rish.
Fakultetning huquqlari
- Akademiya faoliyati, xususan, fakultetlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokamasida qatnashish;
- Fakultetda ish yuritish uchun barcha zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda talab qilish;
- Akademiya tuzilmasi va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalar muhokamasida qatnashish;
- Fakultet pedagogik xodimlari tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlari va darsliklarini tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash;
- Fakultet dekanati vakolati doirasida, fakultetning barcha xodimlari, tinglovchilar uchun majburiy bo‘lgan farmoyish, yo‘riqnoma yoki boshqa ko‘rsatmalar chiqarish;
- O‘quv tarbiyaviy jarayon hamda tinglovchilarning magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy amaliyot (stajirovkasi) ustidan nazoratni amalga oshirish.
- O‘z lavozim majburiyatlarini amalga oshirishda zarur bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni Akademiyaning yuqori boshqaruv darajalaridan so‘rash;
- Fakultetda barcha turdagi dars mashg‘ulotlari sifatini muntazam o‘rganib borish, shuningdek, nazorat jarayonlarida bevosita ishtirok etish;
- Akademiya ichki tartib-qoidalari va odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun talaba(tinglovchi)ga nisbatan belgilangan tartibda hayfsan yoki talabalar safidan chetlatish intizomiy jazo choralari qo‘llash;
- O‘z lavozim majburiyatlarini amalga oshirishda fakultetning tashkiliy va moddiy-texnika bazasi ta’minotini yaxshilash va takomillashtirish yuzasidan Akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish;
- Akademiya kengashida dars mashg‘ulotlari sifati va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasini muhokamaga kiritib borish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.