Akademiya haqida

Akademiya haqida

        Akademiya tarixi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 2 maydagi “Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan paytdan boshlanadi. O‘tgan 26 yildan ortiq vaqt davomida akademiyaning magistratura bosqichida 5800 nafardan ortiq va Malaka oshirish fakultetida 12 ming nafardan ortiq tinglovchi tahsil oldi. Davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tufayli Akademiya nisbatan qisqa tarixiy davrda zamonaviy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasasiga aylandi.

        O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi missiyasi “o‘rgan, o‘zgartir, yetakchi bo‘l” tamoyiliga asoslangan bo‘lib, dunyoning ilg‘or bilim va tajribasini amaliy bilimlar bilan o‘zlashtirgan yetakchilarni tayyorlashga qaratilgan.

        Ta’lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish, eng yangi ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish, xorijning ilg‘or bank-moliya ta’lim markazlarida stajirovkalar tashkil qilish, interfaol o‘qitish usullarini joriy etish orqali Akademiya moliya, bank va soliq ishi, investitsiya va sug‘urta faoliyatining turli yo‘nalishlarida rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston ta’lim xizmatlari bozorida yetakchi o‘rinni egalladi hamda mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi. AQSH, Gollandiya, Shveysariya, Rossiya, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Luksemburg, Gretsiya, Belgiya, Chexiya, Polsha, Latviya, Turkiya, Misr, Koreya, Gonkong, Xitoy, Singapur, Malayziya, Hindiston va boshqa davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan izchil hamkorlik Akademiya nufuzini oshirishdi.

        Ayni vaqtda Akademiya moliya, soliq, bank ishi va loyihalarni moliyalashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq akademik va kasbiy ta’lim magistrlik dasturlari, shuningdek, iqtisodiyot fanlari doktori va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD va DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot dasturlarini taqdim etib kelmoqda.

        Ta’lim jarayoni moliya va bank ishi sohalarida O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotini rivojlantirishning zamonaviy talablari, shuningdek, xalqaro ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiralayapti.

        Standart universitet ta’limidan farqli ravishda Akademiya bank-moliya faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ham ta’lim dasturlarini taklif etadi.

        O‘ziga xos ijobiy tarixga va yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlariga qaramasdan, Akademiya jamoasi o‘quv jarayonini tashkil etishda doimiy ravishda zamonaviy yondashuvlarga, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni bank-moliya sohasidagi ta’lim xizmatlari milliy bozori sharoitlariga ijodiy moslashtirishga intilishmoqda. Biz bank-moliya sohasidagi mutaxassislarni ijodiy yondashuv asosida kreativlikka yo‘naltirilgan va yuksak ma’naviy-siyosiy fazilatlar bilan uyg‘unlashtirgan holda tayyorlashga doimiy e’tibor qaratamiz.

        Rahbar-kadrlar va mutaxassislarni tayyorlashning asosiy maqsadlari tizimli kasbiy bilimlarni shakllantirish va kompaniyalarning strategik maqsadlariga erishish hamda moliyaviy institutlar mijozlarining yuqori darajada manfaatdorligini qanoatlantirilishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishdir.

        Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va bank-moliya tizimida kadrlar malakasini oshirishning muhim strategik maqsadlari quyidagilardan iborat:

        Sohaning mutaxassisliklar bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish;

        barcha istiqbolli rahbar kadrlar va mutaxassislarni malaka oshirish dasturlari bilan qamrab olish;

        sohadagi oliy ta’lim tizimini zamonaviy Yevropa va Amerika standartlariga muvofiqlashtirish;

        ilmiy ishlanmalarni yaratish tizimini rivojlantirish va innovatsiyalarni tijoratlashtirish.

        Professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va magistrantlar zamonaviy o‘quv-uslubiy va ilmiy fondlar, keng axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi bilan ta’minlangan. Doimiy asosda faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar, olimlar va tinglovchilar uchun yuqori tezlikdagi internet, axborot-resurs markazining keng ma’lumotlar bazalari, til o‘rganish bo‘yicha zamonaviy kompyuter dasturlari mavjud.

        Hozirda Akademiya davlat o‘quv-uslubiy, ilmiy va axborot-tahlil markazi hisoblanadi. Respublika iqtisodiyotining soha va tarmoqlarida yuqori talabga ega bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha, shuningdek, oliy ta’lim mutaxassisliklarini yanada optimallashtirish va unifikatsiya qilish maqsadida yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashni ta’minlash vazifasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bakalavrlar va magistrlar tayyorlaydi.

        Magistratura dasturlari:

        -  Biznesni boshqarish - Master of Business Administration - MBA. Mazkur magistratura dasturida uchta ixtisoslashuv yo‘nalishi mavjud: MBA - Banking, Finance & FinTech i General.
        -  Fan magistri- Master of Science – MSc. Mazkur dastur quyidagi magistratura mutaxassisliklarini qamrab oladi:

          70410901 – Kapital bozori va birja ishi;

          70412201 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi;

          70412203 – Iqtisodiyotni monetar tartibga solish;

          70412205 – Bank hisobi, auditi va nazorati;

          70412206 – Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish;

          70412207 – Pensiya fondlarini boshqarish.

        Dasturlarni amalga oshirish shartlari haqida qisqacha ma’lumot:

        O‘qish davomiyligi:

  •  MBA dasturi uchun - 2 yil;
  • MSc dasturi uchun – 14 oy.

        O‘qish shakli: kunduzgi va sirtqi.

        O‘qish tili: o‘zbek, rus va ingliz.

        Kirish uchun zaruriy shartlar:

  • Oliy ma’lumotga egalik;
  • Oliy ta’limni tugatgach kamida 3 yillik ish staji mavjudligi (MBA dasturi uchun).

        Bakalavriat dasturlari:

          60410500 – Bank ishi va auditi;

          60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar;

          60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha);

          60310100 – Iqtisodiyot (soha va tarmoqlar bo‘yicha).

        Dasturni amalga oshirish shartlari haqida qisqacha ma’lumot:

        O‘qish davomiyligi:

  • Bakalavriat dasturi uchun – 4 yil;

        O‘qish shakli: kunduzgi va sirtqi.

        O‘qitish tili: o‘zbek, rus.

        Magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga quyidagilar beriladi:

        - “Magistr” yoki “Bakalavr” akademik darajasini berish to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi diplom.

        Bugungi kunda BMAda to‘rtta fakultet – Boshqaruv kadrlarini tayyorlash fakulteti, Sirtqi ta’lim fakulteti, Qo‘shma dasturlarni amalga oshirish fakulteti va Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti mavjud. Ularning negizida yettita kafedra faoliyat yuritadi.

        O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki rahbariyati tashabbusi bilan 2021 yildan boshlab Akademiya o‘z tarixida birinchi marta Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurti – Qozon (Volgabo‘yi) Federal universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi (bakalavr (ta’lim yo‘nalishi - Iqtisodiyot) va magistratura (ta’lim mutaxassisligi - Moliyaviy tahlil)ni yo‘lga qo‘ydi.

        Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini 2020-2025-yillarda rivojlantirish Konseptsiyasiga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan o‘quv jarayonini transformatsiyalash va optimallashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotir.


        Bog‘lanshi: O‘zbekiston, 100 000, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr, 16.

        Tel.: + 998 71 237-54-09

        E-mail: info@bfa.uz

       Veb sayt: https://bfa.uz; https://old.bfa.uz.