• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Komplayens nazorat bo'limi

Komplayens nazorat bo'limi

Yuldashev Nodirbek Saydiburxanovich

Komplayens nazorat bo'limi boshlig‘i

Tel.: +99871 2375434

E-mail: n.yuldashev@bfa.uz


Bozorov Mansur Jumanazar o‘g‘li

Komplayens nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi

Tel.: +998 71-237-54-34

E-mail: office@bfa.uz


Komplaens nazorat  bo‘limining vazifalari va funksiyalari  

Komplayens nazorat “korrupsiyaga qarshi kurash” bo‘limining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyada (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha
ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, Akademiya xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, Akademiyada korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.


Komplaens nazorat bo‘limining vazifalari

Komplayens nazorat bo‘limi Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;

Akademiyadada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.


Komplaens nazorat bo‘limining funksiyalari

Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish sohasida:

- Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

- Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Akademiya rektoriga kiritadi;

- Akademiyaning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

- Akademiya tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai nazardan baholaydi va xulosalar beradi;

- Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Agentlikka kiritib boradi.

Akademiyada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:

- Akademiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va tashkilotda korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini yaratadi;

- Akademiya tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy xuquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot to‘playdi;

- maxsus axborot aloqa kanallari orqali Akademiya xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va xuquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

- Akademiyada yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri yoki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro‘yxatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;

- davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va Akademiya bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;

- Akademiya xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;

- Korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni Akademiya professor-o‘qituvchi va xodimlariga yetkazadi;

- Akademiya faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va professor-o‘qituvchi, xodimlar orasida so‘rovlar o‘tkazadi;

- Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;

- Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Akademiyada korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi ma’lumotlarni taxlil qiladi;

Har chorakda va Akademiya rektori talabiga ko‘ra Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida Akademiya rektoriga ma’lumot kiritib boradi.

Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish sohasida:

- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida Akademiyaga yuklatilgan vazifalar ijrosini monitoring qiladi va nazoratini amalga oshiradi;

- Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini ta’minlaydi;

- Akademiya professor-o‘qituvchi va xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalarining korrupsiyaga qarshi normalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- Akademiya professor-o‘qituvchi va xodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlardagi professor-o‘qituvchi va xodimlar uchun korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqadi;

- O‘quv rejaga muvofiq Akademiyaning barcha professor-o‘qituvchi va xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha treninglarning o‘tkazilishini hamda ularda professor-o‘qituvchi va xodimlarning ishtirok etishini nazorat kiladi;

- Akademiya professor-o‘qituvchi, xodimlari va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadi;

-  Akademiyaning rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan ma’lumotlarni yangilanib borilishini ta’minlash va nazorat qilish;

- Akademiyadagi professor-o‘qituvchi va xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va Akademiyaning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi;

- Akademiyadagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi;

- Odob-ahloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi;

- Amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

- Akademiyaning Komplayens nazorat bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul tuzilma(shaxs)lar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish  professer-o‘qituvchi va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

- Akademiya faoliyati uning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazadi.

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida topshiriqlarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish sohasida:

- “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushayotgan topshiriq va xat-hujjatlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi va Akademiya rektoriga haftalik, oylik hisobot kiritadi.

Komplaens nazorat bo‘limi - Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va Akademiya bilan hamkorlikni olib borish sohasida:

- Korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi.

Akademiyaning Komplayens nazorat bo‘limi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.