• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Reja iqtisodiyot bo‘limi

Reja iqtisodiyot bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i - Ibragimov Inomjon Ilhomovich

Tel.: +99871 237-53-62

E-mail: planecon@bfa.uz


Bo‘lim bosh mutaxassisi - Berdiqulov Bobirjon Faxriddin o‘g‘li

Tel.: +99871 237-53-62

E-mail: planecon@bfa.uz


BO‘LIMNING VАZIFАLАRI, FUNKSIYALАRI VA HUQUQLARI

Reja-iqtisod bo‘limining vazifalari:

- budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va  xarajatlar smetasini tuzish;

- shtatlar jadvalini ishlab chiqish;

- budjet va budjetdan tashqari xarajatlar smetasini va shtat jadvalini yuqori tegishli Iqtisodiyot va moliya organlardan ro‘yxatdan o‘tkazish;

- zarur hollarda o‘rnatilgan tartibda xarajat smetasi va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish va tegishli Iqtisodiyot va moliya organlaridan ro‘xatdan o‘tkazish;

- o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli, malaka oshirish kurslari va boshqa turdagi xizmatlar kalkulyasiyasini ishlab chiqish, xizmat narxlarini belgilashda takliflar tayyorlash;

- professor-o‘qituvchilar, xodimlar faoliyatini baholash va baholash natijalariga asosan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish hamda oylik maoshlariga ustamalar tayinlash maqsadida, tahliliy hisob-kitoblarni Akademiyaning komissiya yig‘ilishiga taqdim etib borish, rag‘batlantirish komissiyasi faoliyati bilan bo‘liq hujjatlarni rasmiylashtirib borish;

- xarajatlar smetasi ijrosini va shtatlar jadvaliga rioya qilinishini monitoring qilib borish;

- budjet buyurtmanomasini shakllantirish va tegishli organga topshirish;

- tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobotlarning tuzilishi va taqdim qilinishini ta’minlaydi

- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash hisobini yuritish;

- reja-iqtisod hisobini zamonaviy axborot texnologiyalar (UzASBO) asosida tashkil qilish.

Reja-iqtisod bo‘limining funksiyalari:

- reja-iqtisod bo‘limi Akademiyaning iqtisodiyot masalalariga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning qarorlar, buyruqlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining, Akademiyaning meʼyoriy hujjatlarida belgilangan talablarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

- O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq inspeksiyasi, Statistika boshqarmasi, shuningdek mutasaddi tashkilotlar tomonidan topshirilgan buyruq va vazifalar bilan ishlashga doir masalalar bo‘yicha rejada belgilangan hisobot va maʼlumotlarni tayyorlanishini taʼminlash;

- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga asosan Reja-iqtisod bo‘limini tashkil qilishni taʼminlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni tashkil qilish;

- Akademiya moliyaviy- xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun zarur mablag‘larni rejalashtirishi, shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini tuzish; 

- tashkilotlarning barcha bo‘limlari (xodimlari) Reja-iqtisod bo‘limi hisobini yuritish uchun kerak bo‘ladigan barcha zaruriy hujjatlarni (buyruq va farmoyishlarning ko‘chirmalarini, shuningdek, turli xil shartnoma, to‘lov hujjatlari va boshqalarni) o‘z vaqtida taqdim qilishlari shart;

- reja-iqtisod bo‘limi hisobini yuritishi uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish va Reja-iqtisod bo‘limiga taqdim qilishga doir talablarini o‘z vaqtida bajarishga tashkilotning barcha xodimlari majbur.

Reja-iqtisod bo‘limining huquqlari:

- reja-iqtisod bo‘limining zarur darajadagi faoliyati taʼminlanishi uchun zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo‘lish;

- bo‘lim faoliyati uchun zarur bo‘lgan kanselyariya buyumlari bilan taʼminlanish;

- reja-iqtisod bo‘limi hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rishni tashkilot rahbaridan talab qilish;

- mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, bo‘lim boshlig‘i tegishli chora ko‘rishi uchun bu haqda Akademiya rahbariga yozma axborot berish;

- reja-iqtisod bo‘limi boshlig‘i o‘z majburiyatlarini bajargani hamda o‘z huquqlaridan foydalangani uchun tazyiq o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi.