Maʼlumotlar

Maʼlumotlar

Akademiyada ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qaroriga asosan akademiya tuzilmasiga muvofiq “Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi” tashkil topdi.
    Bo‘limning asosiy vazifalari professor-o‘qituvchi kadrlar va ilmiy xodimlarning tahliliy va kreativ salohiyatini mustahkamlash, muhim ilmiy va ilmiy innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha ularning ilmiy-amaliy faoliyatini yuritishga bo‘lgan ehtiyojlari va manfaatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirish, davlat va xalqaro ilmiy va ilmiy-tadqiqot dasturlariga muvofiq ilmiy ishlarni izchil rivojlantirish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etishdan iboratdir.
    Yuqorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 4958-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 may 304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim faqatgina yuqorida qayd etilgan tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSs) va mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSs) institutlari orqali amalga oshirilishi belgilab berilgan.
    Akademiya izlanuvchilarni tayyorlash bilan bir qatorda ularga ilmiy daraja berish borasida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Ma’lumki, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSs.27.06.2017.I.16.03 raqamli Ilmiy kengash o‘z faoliyatini yuritadi. 
    Akademiyada doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus kurslar tashkil etilgan. Ushbu kurslar o‘z ichiga doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun “Amaliy ingliz tili”, “Ekonometrikaning nazariy asoslari”, “EViews va Gretl tahlil dasturlari bilan ishlash”, “Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi”, “Akademik jurnallarda maqolalar chop etishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Xorij jurnallarida maqola chop etish tajribasi”, “Doktorlik dissertatsiyasini va avtoreferatini yozishga oid amaliy muammolar” kabi master-klasslar tarzida tashkil etiladigan kurslarni qamrab olgan.
    Har yili davlat budjeti hisobidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar hamda dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovi asosida ilmiy grantlar amalga oshirilmoqda.
    Akademiyada faoliyat yuritayotgan “Moliya va bank ishi” ilmiy jurnalida xalqaro standartlarga ko‘ra ilmiy maqolalar chop etilib kelinmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligi tomonidan har yili oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlarningtasdiqlangan ro‘yxatiga muvofiq akademiyada respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar,seminarlar va boshqa ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar o‘tkazib kelinadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 yanvardagi  220/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy  imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq akademiyada malakaviy imtihonlarni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan reja asosida o‘tkazib keladi.