Satibaldiyeva Nigora Abdumananovna - Oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha mutaxassis
Tel.: +99871 237-52-91
E-mail: office@bfa.uz
Ibragimova Ra'noxon Toxtasinovna - Oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha mutaxassis
Tel.: +99871 237-52-91
E-mail: office@bfa.uz
O‘QUV USLUBIY BO‘LIMNING ASOSIY FUNKSIYASI VA VAZIFALARI:
1. Bo‘lim Akademiyadagi taʼlim jarayonini belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, shu asosda o‘quv jarayoni rejalarini ishlab chiqadi va uni kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini nazorat qiladi.
2. Magistratura va bakalavriat dekanati, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradi, kredit-modul tizimi asosida o‘quv mashg‘ulotlari jadvallarini ishlab chiqadi, ularga qatʼiy amal qilinishini nazorat qiladi.
3. Uzluksiz ravishda har bir ixtisoslik bo‘yicha o‘quv rejalarni Davlat taʼlim standartlari asosida takomillashtirish va ishlab chiqish ustida ish olib boradi.
4. Akademiyada tayyorlanadigan ixtisosliklar bo‘yicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan, talabalarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar, yaʼni malakaviy tavsifnomalarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilishini nazorat qiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining o‘quv jarayoniga tegishli qarorlari va farmonlarini tinglovchilarga yetkazadi.
6. Mamlakatimizda va xorijning rivojlangan oliy taʼlim muassasalarida qo‘llanilayotgan ilg‘or taʼlim usullari va amaliy tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va amalda qo‘llashga oid tadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etadi.
7. Magistrlik dissertatsiyalari mavzulariga zamon talablaridan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini nazorat qiladi va umumlashtirib Akademiyaning O‘quv, ilmiy-uslubiy kengashi hamda Akademiya Kengashi muhokamasiga taqdim etadi.
8. Kafedralar bilan birgalikda o‘quv jarayoniga buyurtmachi tizimlar vakillarini taklif etib, davra suhbatlari, master klasslar tashkil etadi.
9. Akademiyada o‘quv jarayonini tashkil etish (semestrlarga bo‘linishi, taʼtil kunlari, malakaviy amaliyot, Davlat attestatsiya komissiyasi) jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Akademiya Kengashiga tavsiya etadi.
10. Kafedra professor-o‘qituvchilari va mutaxassislar bilan birgalikda mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalarini va o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun Akademiyaning O‘quv, ilmiy-uslubiy kengashi hamda Akademiya Kengashi muhokamasiga taqdim etadi.
11. Talabalarni kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy va meʼyoriy xujjatlar bilan taʼminlanishini nazorat qiladi.
12. Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalar taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganib chiqadi va rejalashtiradi.
13. Akademiyaning shtatdagi (o‘rindosh) professor-o‘qituvchilarining bir o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan o‘quv yuklamalar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy ishlar bo‘yicha soatlar taqsimotini rejalashtiradi va tasdiqlash uchun Akademiya Kengashiga taqdim etadi.
14. Akademiya professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslari jadvalini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun Akademiya rahbariyatiga taqdim etadi va uni tashkillashtiradi.
15. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarning bajarilishini nazorat qilib boradi, o‘quv jarayoniga soatbay asosida jalb etilgan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi.
16. Akademiya qabul imtihonlarini hamda bitiruv imtihonlarini tashkil etishda qatnashadi, yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi ishlarini tashkillashtiradi va hisobotlarini tuzadi.
17. Magistrlik dissertatsiyalari hamda Bitiruv ishi himoyasi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni bajaradi, himoyada ishtirok etadi.
18. Kafedra professor-o‘qituvchilarining yillik hisobotlarini ko‘rib chiqadi, qabul qiladi va akademiyaning o‘quv jarayoni bo‘yicha yillik umumiy hisobotni tayyorlaydi va Akademiya Kengashiga taqdim etadi.
19. Akademiyaning fakultetlari va kafedralari o‘quv jarayonining bir maromda borishini va uning samaradorligini muntazam ravishda nazorat etib boradi.
20. Akademiya shtatidagi hamda soatbay professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini taʼminlash maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi.
21. Akademiya Kengashi va O‘quv, ilmiy-uslubiy kengashi qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
22. Davlat imtihonlari, attestatsiya va magistrlik dissertatsiyalari uchun zarur ish qog‘ozlarini tayyorlaydi va ularni akademiya bo‘linmalari, dekanat va kafedralarga yetkazadi.
23. Kafedralar faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi, o‘quv, ilmiy-uslubiy ishlarni yaxshilash bo‘yicha takliflar beradi va akademiyaning O‘quv, ilmiy-uslubiy hamda Akademiya Kengashi muhokamasiga kiritadi.
24. Respublikamizda, MDH va boshqa xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan o‘quv jarayoniga oid tadbirlar (kengash, seminar, konferensiya va forumlar)da ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashadi va akademiyaning taʼlim jarayoniga tatbiq etadi.
25. Akademiyada ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlashga, talabalarning malakaviy amaliyotlarini davlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘tkazishni samarali tashkil etishga, bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishini ta’minlashga xizmat qiladi.