• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Energetika sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

2025-yil 18-aprel kuni Bank-moliya akademiyasida “Energetika sohasiga oid loyihalarni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklik va loyihaviy moliyalashtirish tamoyillaridan foydalanish” mavzusida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasining Loyihalarni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Ahmedov mavzu yuzasidan ma’ruza taqdimotini o‘tkazdi. Mutaxassis o‘z chiqishida energetika sohasida amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari, ularni moliyalashtirishda zamonaviy yondashuvlar, jumladan DXSH va LM mexanizmlarining o‘rni, huquqiy va moliyaviy risklar, shuningdek, xalqaro tajriba asosida shakllangan amaliy yechimlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar energetika yo‘nalishida loyihalar tuzilmasi, banklar va investorlar bilan ishlash mexanizmlari, moliyaviy model yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Shuningdek, real loyihalar misolida muhokamalar olib borildi va savol-javoblar orqali mavzuga doir dolzarb jihatlar yoritildi.