• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Tinglovchilarimiz Yaponiyaga malaka oshirib qaytadilar

Bank-moliya akademiyasining 10 nafar iqtidorli tinglovchisi Yaponiya hukumatining to‘liq granti asosida Tokio shahrida tashkil etiladigan 3 haftalik yozgi xorijiy stajirovkada ishtirok etib qaytadilar.

Shu munosabat bilan Akademiya rahbariyati hamda Yaponiyaga yuboriluvchi tinglovchilar o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiyada tashkil etiladigan xorijiy stajirovka yuzasidan batafsil ma’lumotlar va tegishli tavsiyalar berildi.

Ma’lumot uchun keltirib o‘tamiz, joriy yildan Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari salohiyatidan kelib chiqib, Yaponiya tomoni mazkur grant loyihasining kvotalari sonini 10 taga oshirdi.