BMA delegatsiyasi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyada bo‘lib o‘tgan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida ishtirok etdi.
Forum doirasida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq shartnoma va memorandumlar imzolanib, ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Xususan, Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari – University Malaya, Universiti Putra Malaysia, Universiti Sultan Zainal Abidin va Universiti Utara Malaysia rasmiylari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar va qo‘shimcha kelishuvlar imzoladi.
Ushbu kelishuvlar akademik almashinuv dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim jarayonlarida innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.