Jahon banki eksperti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Jahon bankining moliya sektori boʻyicha katta mutaxassisi Valeriya Goffe bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Muloqot chogʻida O‘zbekiston moliya sektorini isloh qilish loyihasining Akademiya kichik komponentini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinib, Bank-moliya akademiyasi dasturiy echimini baholash va tender hujjatlarini tayyorlash masalalari koʻrib chiqildi. Mazkur loyiha doirasidagi hamkorlik yoʻnalishlari, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlari va loyiha ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir yakunida tomonlar loyiha doirasida hamkorlikni kuchaytirish va kelishilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.