“Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida O‘zbekiston bank-moliya tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari ” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI
«YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH SHAROITIDA O‘ZBEKISTON
BANK-MOLIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB
MASALALARI» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonidagi vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 490-son buyrug‘iga asosan 2025-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida O‘zbekiston bank-moliya tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy ma’ruzalar muhokama qilinishi mo‘ljallangan:
1. Yashil moliya bozori instrumentlarini rivojlantirish istiqbollari (S.Elmirzayev, J.Tursunov).
2. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda tijorat banklari ro‘lini oshirish masalalari (M.Ibodullayeva).
3. Barqaror iqtisodiy o‘sish sharoitida yashil innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish (D.Abdikarimova, M.Muxitdinova).
4. Yashil iqtisodiyotga o‘tishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llash imkoniyatlari (M.Yakubov).
Ilmiy-amaliy konferensiya ishida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar hamda iqtidorli talabalar, vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarning rahbar xodimlari va mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Anjumanda ishtirok etish uchun tezislar 2025-yil 26-martgacha qabul qilinadi.
Konferensiyaga taqdim etiladigan materiallarga talablar:
- taqdim etiladigan materiallar konferensiya ilmiy yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan holda, imlo xatolarsiz taqdim etilishi lozim;
- materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;
- ma’ruza tezislari matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchamda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Yuqori qismda o‘rtada maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, elektron manzili va telefon raqami yoziladi. So‘ngra, 1,0 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 3-5 bet hajm doirasida bo‘lishi talab etiladi.
- taqdim etiladigan materiallar konferensiyaning qaysi ilmiy yo‘nalishiga mo‘ljallanganligi aniq ko‘rsatilishi zarur. Materialda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va plagiatdan holiligiga muallifning shaxsan o‘zi mas’ul hisoblanadi. Tashkiliy qo‘mita yuborilgan materiallarni tahrir qilish va tanlash huquqiga ega. Anjuman mavzusiga mos bo‘lmagan, tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan rasmiylashtirish talablariga javob bermagan tezislar qabul qilinmaydi.
Murojaat uchun manzil
Toshkent shahri, Movarounnahr ko‘chasi, 16-uy, 1-qavat, 120-xona “Investitsiyalar va kapital bozori” va “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedralari.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Mas’ul xodimlar: Elmirzayev Samariddin Eshkuvatovich, Yakubov Matrasul Mavlonberdievich
Materiallarning elektron varianti quyidagi telegram-bot orqali qabul qilinadi: @Bfa_Conf2025_bot