AKADEMIYAMIZNING ENG FAOL KITOBXONI BO‘LING!
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professor-o‘qituvchilari, bitiruvchilari, tinglovchilari va xodimlari o‘rtasida "Eng faol kitobxon" tanlovi e’lon qilinadi.
20-noyabr, 2025-yil
Tanlov g'oliblari esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlanadi!
Ishtirok etish tartibi:
- Ro‘yxatdan o‘tish – ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlarini kiritib, taqdim etilgan ro‘yxatdagi 25 ta adabiyotdan 3 tasini tanlaganidan so‘ng, u tanlovda qatnashuvchi sifatida rasmiy ro‘yxatga olinadi.
- Mutolaa jarayoni – tanlangan adabiyotlar bo‘yicha belgilangan muddat ichida o‘qish jarayonini amalga oshirishi va tanlov shartlariga muvofiq topshiriqlarni bajarishi shart.
- Qoidalarga rioya qilish – ishtirokchi tanlov qoidalariga amal qilmagan yoki topshiriqlarni belgilangan vaqtda bajarmagan taqdirda, tanlovdan chetlashtiriladi.
Tanlovni o‘tkazish tartibi
Tanlov shartlari va ballar
Tanlov sharti | Izoh | Beriladigan ball |
“Insho mahorati” | Ishtirokchi tomonidan “Men yoqtirgan asar” mavzusida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha insho yoziladi | 100 ball |
“Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” | Ishtirokchi o‘zi yoqtirgan asar asosida 5–7 daqiqa davomida nutq so‘zlab, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etadi | 100 ball |
Insho mahorati (100 ball)
Mezon | Izoh | Maksimal ball |
Imloviy va uslubiy xatolarning yo‘qligi | Grammatik to‘g‘rilik, jumlalar tuzilishi | 20 ball |
Asarni to‘liq va tushunarli yoritib berish | Asar mazmunini to‘g‘ri va aniq ifodalash | 25 ball |
O‘z fikrini ravon bayon qilish | O‘qilgan asarga nisbatan shaxsiy munosabatni asosli ifodalash | 20 ball |
O‘ziga xos yondashuv va uslub | Inshoga ijodiy va noyob yondashuv | 20 ball |
Tuzilish va mantiqiy ketma-ketlik | Kirish, asosiy qism va xulosa mavjudligi, izchillik | 15 ball |
Jami | 100 ball |
Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish (100 ball)
Mezon | Izoh | Maksimal ball |
Nutq madaniyati va ravonlik | Tovush, talaffuz, gap tuzilishi va ravon so‘zlash | 25 ball |
Kitobxonlik g‘oyalarini targ‘ib qilish | Kitob o‘qishning foydasi, muhimligi haqida targ‘ibiy fikrlar | 25 ball |
Asarni to‘g‘ri tanlash va yoritish | Tanlangan asarning mavzusi va uni tushunarli yoritib berish | 20 ball |
O‘ziga xos chiqish uslubi | So‘zlashuv uslubidagi ijodiylik, joziba, emotsional ta’sir | 20 ball |
Vaqtga rioya qilish | 5–7 daqiqa oralig‘ida nutqni tugatish | 10 ball |
Jami | 100 ball |
Tavsiya etilgan kitoblar ro’yxati quyidagilar:
№ |
Kitob nomi |
Muallif(lar) |
1 |
«Бобилдаги энг бой одам» |
Жорж Клейсон |
2 |
«Сотув психологияси» |
Brian Tracy |
3 |
«Мамлакатлар таназзули сабаблари» |
Acemoglu & Robinson |
4 |
«Қироличанинг юриши» |
Уолтер Тевис |
5 |
«Стив Жобс бизнес ҳақида: дунёни ўзгартирган одамнинг 250 та мулоҳазаси» |
Стив Жобс |
6 |
«Атом одатлар» |
Жеймс Клир |
7 |
«Мовий уммон стратегияси» |
Kim & Mauborn |
8 |
«Латте омили. Бадавлат бўлмай бой яшаш сири» |
Дэвид Бах, Жон Дэвид Манн |
9 |
«Бой ва камбағал одамларнинг фикрлаш стратегияси» |
Саидмурод Давлатов |
10 |
«Яланғоч иқтисодиёт: мураккаб соҳанинг содда қиёфаси» |
Чарльз Уилан |
11 |
«Million dollarlik xatolar» |
Pavel Annenkov |
12 |
«Унвонсиз раҳбар» |
Робин Шарма |
13 |
«McDonald’s. Бигмак сири» |
Жон Ф. Лав |
14 |
«Ўйла ва бой бўл» |
Наполеон Хилл |
15 |
«Сармоядор» |
Теодор Драйзер |
16 |
«Ва-банк: как великие лидеры добиваются великих результатов» |
Роберт Брюс Шоу |
17 |
«Я и деньги. 1 часть» |
Саидмурод Давлатов |
18 |
«Я и деньги: мыслить как богатый человек. 2 часть» |
Саидмурод Давлатов |
19 |
«Бизнес с нуля. Метод Learn Startup для быстрого тестирования идей и выбора бизнес-модели» |
Эрик Рис |
20 |
«Жесткий менеджмент. Заставьте людей работать на результат» |
Дэн Кеннеди |
21 |
«Доставляя счастье. От нуля до миллиарда» |
Тони Шей |
22 |
«Стратегии мышления богатых и бедных людей» |
Саидмурод Давлатов |
23 |
«Метод волка с Уолл-Стрит» |
Джордан Белфорт |
24 |
«Бизнес и Ислам» |
Саидамон Исомаддинов |
25 |
«Почему одни страны богатые, а другие бедные. Происхождение власти, процветания и нищеты» |
Дарон Аджемоглу, Джеймс А. Робинсон |
Imkoniyatni boy berma!
Havola orqali ro‘yxatdan o‘t va sovg‘alarni birinchi bo‘lib sen qo‘lga kirit!
Qo‘shimcha savollar uchun:
Telegram kanal: t.me/bfa_kutubxonasi
Telefon: (998)55 515-54-25 (1119)