Akademiya tinglovchilari diqqatiga
Bank-moliya akademiyasi Handong global universiteti bilan hamkorlikda Janubiy Koreyada 2025-yil noyabr oyida tashkil etiladigan xorijiy stajirovka uchun navbatdagi grant loyihasiga tanlov e'lon qiladi.
Talabgorlar ingliz tilini mukammal bilishi talab qilinadi (IELTS, TOEFL, CEFR kabi til sertifikati yoki bakalavr darajasini ingliz tilida o‘qiganligini tasdiqlovchi diplomi bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqichda talabgorlar 2025-yilning 1-iyun soat 14:00 ga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z tadqiqot ishi taqdimotini yuklashlari lozim.
2-bosqichda talabgorlar 2025-yilning 19, 20 va 21-iyun kunlari Janubiy Koreyalik professorlar ishtirokida tashkil etiladigan saralash jarayonida o‘z tadqiqot ishi bo‘yicha ma'ruza qilishlari kerak.
Research Note shaklini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.