• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

E‘LONLAR VA TADBIRLAR

Akademiya malakali mutaxassislar va pedagog xodimlarni ishga taklif etadi


O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 2024/2025 o‘quv yili uchun yuqori malakali mutaxassislar va pedagog xodimlarni quyidagi lavozimlar bo‘yicha ishga taklif etadi:

  • Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti dekani;
  • Xalqaro bank ishi fakulteti dekani o‘rinbosari;
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar fakulteti dekani o‘rinbosari;
  • Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti dekani lavozimi uchun malakaviy talablar:
  • Fakultet dekani boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Fakultet dekani namunaviy shaxsiy fazilatlar - intellektuallik, madaniyatlilik, yetakchilik, ijodiy yondashuv, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Fakultet dekani oliy ma’lumotga hamda ilmiy darajaga;
  • Iqtisodiyot sohasida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Xalqaro bank ishi fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimi uchun malakaviy talablar:
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellektuallik, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy yondashuv, xushmuomalalik, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi;
  • Magistr darajasiga ega boʻlishi;
  • oliy ta'lim muassasalarida 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi, shundan kamida 1 yil dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan bo‘lishi;
  • HAMIS platformasida ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  • turdosh yo‘nalish bo‘yicha akademik darajaga ega bo‘lish;
  • Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi zarur.
Moliya va moliyaviy texnologiyalar fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimi uchun malakaviy talablar:
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellektuallik, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy yondashuv, xushmuomalalik, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi;
  • Magistr darajasiga ega boʻlishi;
  • oliy ta'lim muassasalarida 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi, shundan kamida 1 yil dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan bo‘lishi;
  • HAMIS platformasida ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  • turdosh yo‘nalish bo‘yicha akademik darajaga ega bo‘lish;
  • Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi zarur.
Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimi uchun malakaviy talablar:
  • Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Talabgorlar hujjatlarni topshirish uchun Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limiga yoki @hr_bma orqali murojaat qilishlari mumkin.