E‘LONLAR VA TADBIRLAR

Imtihon o‘tkazilish sanalari ma’lum bo‘ldi


Bank-moliya akademiyasiga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish uchun test sinovlari 2023-yil 30-31-may kunlari 2 smenada Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq Davlat test markazi)ning binosida bo‘lib o‘tadi (Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy).

Mazkur test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun abituriyentlardan test jarayonlari bo‘lib o‘tadigan hududga (1-smena soat 08:00, 2-smena 13:00) kech qolmasdan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan yetib kelishlari so‘raladi.

Test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlarning mutaxassisligi bo‘yicha hududga yetib kelishi haqida maʼlumot bilan ushbu 👉havola👈 orqali tanishish mumkin.

❗️Eslatma❗️ Belgilangan sana va vaqtda test jarayonlarida ishtirok etmagan abituriyentlar uchun test qayta tashkil etilmaydi. Shuningdek, abituriyentlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta)siz test jarayonlariga kiritilmaydi.