E'lonlar va tadbirlar

O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga magistrlik diplomini topshirish marosimi o'tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga magistrlik diplomini topshirish marosimi o‘tkazildi

Joriy yilning 30 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga magistrlik diplomini topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Milliy bank rahbarlari, Akademiyaning professor va o‘qituvchilari, magistrlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, shu jumladan:

- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti rahbari Fayzullaxo‘jayev Jasur Xakimovich;

- Moliya vazirligi huzuridagi Budjet - soliq tadqiqotlari instituti Direktorning birinchi o‘rinbosari Po‘latov Dilshod Xaqberdiyevich;

- Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy banki” AJ Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Xakimov Sherzod Shukurullayevich.

2020/2021 o‘quv yilida Biznesni boshqarish magistri yo‘nalishida (MVA) "Bank ishi" (38 nafar) va "Moliya va moliyaviy texnologiyalar" (45 nafar) mutaxassisliklari bo‘yicha jami 83 nafar bitiruvchiga tantanali diplom berildi.

Bu Akademiya tarixidagi birinchi MBA dasturining bitiruvi bo‘lib,  bu bir yil davom etadigan innovatsion dasturdir. Qayd etish joizki, o‘quv jarayonida magistrlarga milliy va xorijiy amaliyotchi mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, o‘quv jarayoni juda yuqori saviyada tashkil etilgan. Marosimga taklif etilgan mehmonlar so‘zga chiqib, bitiruvchilarning keyingi shaxsiy va professional hayotida muvafaqqiyatlar hamda ulkan zafarlar tilab qoldi.