E'lonlar va tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi uchun eng yaxshi logotip yaratish bo‘yicha TANLOV e’lon qilinadi!


O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi uchun eng yaxshi logotip yaratish bo‘yicha TANLOV e’lon qilinadi!

Qadrli yurtdoshlar!
📱O‘z ijodingiz va kreativ g‘oyalaringiz bilan 10 mln.so‘m miqdorda mukofot puliga ega bo‘lishni qo‘ldan boy bermang!
👉 Tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
📌 Tanlov shartlari:
🔸Logotip Akademiyaning faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etishi, betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega bo‘lishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi, zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib olinadigan va noan’anaviy shaklga ega bo‘lishi lozim (plagiatga tekshiriladi).
🔸 Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin. 
🔸 Logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG formatda, tanlov@bfa.uz elektron pochta manziliga yuborilishi talab etiladi (shuningdek o‘z ismi, familiyasi, telefon raqami, xat mavzusida “Akademiya logotipi” deb  ko‘rsatilishi lozim).
🔸 quyidagi ishtirokchilarga nisbiy ustunlik beriladi:
- Logotipning turli ko‘rinishlarda berilishi: kepkada, bloknotda, futbolkada, paketlarda va hokazolarda);
- Oldingi yaratilgan dizaynlar portfeli ham jo‘natilishi.
👉 Logotip loyihalari orasidan g‘olib ommaviy onlayn ovoz berish orqali va Akademiya huzurida tashkil etilgan Hakamlar hay’ati Qarori asosida aniqlanadi.
🔰 Tanlovda loyihalar bir bosqichda 2022 yil 10 iyundan 24 iyun soat 18:00gacha qabul qilinadi.
🏆 G‘olib 2022 yil 30 iyunda e’lon qilinadi!

Barchani tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz va omad tilaymiz!