Ilmiy tadqiqot sohasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Bugun, 2-noyabr kuni Ozarboyjon Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi ilmiy iqtisodiy tadqiqot instituti vakillaridan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan Bank-moliya akademiyasida bo‘ldi.
Uchrashuv avvalida tomonlar o‘z oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot almashdilar. Shundan so‘ng, Ozarboyjon delegatsiyasi rahbari Natiq Madatov hamda Bank-moliya akademiyasining O‘quv uslubiy departamenti, kayedra mudirlari va fakultet dekanlari o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.
Muzokaralar jarayonida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqot va akademik jarayonlarda to‘plangan ilg‘or tajribani o‘rganish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish va delegatsiyalar tashriflari orqali amaliy yechimlarga erishishga kelishib olindi.