O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti dekan o’rinbosari lavozimi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
🏆 Malaka talablari:
➡️ oliy ma’lumot;
➡️ oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
➡️ namunaviy shaxsiy fazilatlarga — intellekt, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik imaqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
➡️ iqtisodiyot sohasida kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi kerak;
➡️ Rus tilini mukammal, ingliz tilini intermediate yoki undan yuqori darajada bilishi zarur.
➡️ Fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi qo’shimcha ustunlik beradi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar o‘zi haqidagi ma’lumotni ➡️hr@bfa.uz elektron pochtasi orqali yuborishlari mumkin.
☎️ +998 71 237 54 09
🕊 @hr_bma