Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik yangi bosqichda
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Akademiya rektori Elmurod Hoshimov hamda Agentlik direktori o‘rinbosari Botir Usmonaliyev sug‘urta bozorini rivojlantirishning bugungi holati, sohada zamonaviy kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni nufuzli bilim yurtlarida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga xalqaro darajadagi mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.