• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Akademik jarayonlarga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlari davom ettiriladi

Bank-moliya akademiyasining O‘quv uslubiy departamenti, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari “Gazprombank” AJning Loyiha va tarkibiy moliyalashtirish departamenti infratuzilma loyihalari direksiyasi ijrochi direktori Aleksey Shevchenko bilan onlayn muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuvda “Tashqi iqtisodiy faoliyat” Milliy banki tashabbusi bilan Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari uchun “Gazprombank” AJning yetakchi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazib kelinayotgan o‘quv seminarlar natijadorligi sarhisob qilindi.

Muloqot yakunida tomonlar joriy yilning dekabr oyida o‘tkaziladigan o‘quv seminarlariga tijorat banklarida kopleans nazorat tizimini joriy qilish hamda bank mijozlarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassislarni jalb qilishga kelishib oldilar.