Tomsk politexnika universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Milliy tadqiqot Tomsk politexnika universitetining rasmiy vakillari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Onlayn uchrshuv avvalida tomonlar o‘z oliy ta’lim muassasalari haqida hamkasblariga atroflicha ma’lumot berib o‘tdilar. Shundan so‘ng, Tomsk politexnika universitetining ta’lim faoliyati bo‘yicha prorektori Mixail Solovev hamda Bank-moliya akademiyasining o‘quv uslubiy departamenti, kayedra mudirlari va fakultet dekanlari o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar.
Muzokara jarayonida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dastur asosida kadrlar tayyorlashning istiqbollari, oliy ta’limda moddiy-texnik bazaning o‘rni hamda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va va hamkorlikning turli yo‘nalishlari tomonlar o‘zaro fikr almashdilar.
Muloqot yakunida muhokama qilingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish va delegatsiyalar tashriflari orqali amaliy yechimlarga erishishga kelishib olindi.