Buyuk Britaniya universiteti bilan hamkorlik amalga oshiriladi
Bugun, 31-oktabr kuni Bank-moliya akademiyasi hamda Buyuk Britaniyaning Coventry university rasmiylari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muhokama jarayonida Banklarda komplayens nazorat va risk menejmenti bo‘yicha hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash hamda Bank-moliya akademiyasi ilmiy tadqiqotchilari uchun Coventry university’da xorijiy amaliyot tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Taklif etildiki, nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn, oflayn shaklda tashkil etish mumkin. Shuningdek, Buyuk Britaniyalik professor-o‘qituvchilarni Bank-moliya akademiyasida bo‘lib o‘tadigan dars jarayonlariga jalb qilish orqali hamkorlik olib borish imkoniyatlari mavjud.
Onlayn muloqot yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.