• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

BMAda Islom moliyasi va banki bo‘yicha seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

Bank-moliya akademiyasida “Islom moliyasi va banki” mavzusidagi bir haftalik seminar-treninglarga start berildi.

Trening davomida “Islom banki va moliyasining asoslari”, “Islomiy shartnomalar”, “Islomiy bank xizmatlari: ijara, lizing”, “Islomiy bank xizmatlari: murobaha” kabi mavzular muhokama qilindi.

Seminar-trening mashg‘ulotlari Bank-moliya akademiyasi, Madina islom universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Islom taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan olib borildi.