• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishining ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining “Bank ishi va auditi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akademiya rektori Elmurod Xoshimov, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari Jasur Meyliyev va boshqalar so‘zga chiqib, bitiruvchilarni samimiy muborakbod etdilar va kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladilar. Bitiruvchilarning mamlakatimiz bank-moliya sohasini rivojlantirishda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishiga ishonch bildirildi.

O‘z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalar ham so‘zga chiqib, yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari hamda jahonning nufuzli universitetlarida ta’lim olgan va amaliyot o‘tagan mamlakatimizning yuqori malakali mutaxassislari bergan amaliy bilimlar uchun Akademiya jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

Tadbir yakunida bitiruvchilarga diplomlar, ularning ota-onalariga faxriy yorliqlar topshirildi.