• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Sun’iy intellekt va Big Data bo‘yicha amaliy bilimlar

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Gazprombank” aksiodorlik jamiyati va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda “Raqamli bank faoliyatida sun’iy intellekt va Big Data” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.

Ta’kidlandiki, dunyo mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi iqtisodiyot sohasida katta inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelishi kutilmoqda.

Inson tomonidan ko‘p vaqt sarflash orqali bajariladigan vazifalarni sun’iy intellekt bir necha soniya ichida bajarishi mumkin. Bugungi kunda sun’iy intellekt yordamida bank hisob raqamlarini ochish va xaridlarni o‘n barobar tezroq amalga oshirish, yangi dori-darmonlarni ishlab chiqish, fond bozoriga sarmoya kiritish mumkin. Sun’iy intellekt “yangi elektr” deb ataladi: kelajakda u butun sivilizatsiya qiyofasini o‘zgartirishi mumkin.

Shu o‘rinda aytish kerakki banklar faoliyatida yuqori intellektual yechimlardan foydalanish, natijalarini tahlil qilish va jarayonlarga sun’iy intellekt algoritmlarini joriy etishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash bugungi kunning dolzarb masalalasi hisoblanadi.

Ayni seminar ham ushbu sohada erishilgan ilg‘or xorijiy tajriba haqida batafsil ma’lumot olish uchun muhim platforma bo‘ldi. Seminar davomida sun’iy intellektni amaliyotda joriy qilish jarayonlarining bevosita ishtirokchisi bo‘lgan bank sohasi xodimlari yangi bilimlarni o‘zlashtirishdilar.

Sun’iy intellekt hayotimizda va biznesda o‘ziga yarasha katta o‘rin tutadi, shuningdek ta’sirchan darajasi ham mavjud. Ko‘p miqdorda ma’lumotlar moliya va davlat sektorida to‘planadi. Raqamli jarayonlar va raqamli o‘zaro ta’sir interfeyslarini tashkil etish vazifasi biznesning jadal rivojlanishi, samaradorligi va raqobatbardoshligi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Barcha xodimlar va menejerlarning raqamli ko‘nikmalariga bo‘lgan talab ham tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.

Sun’iy intelekt va katta ma’lumotlardan foydalanish biznes va davlat uchun sifat standartlarini ishlab chiqish, ularga rioya qilish hamda nazorat qilishda ajralmas talabga aylandi. Mutaxassislar va top-menejerlarning mehnat bozoridagi raqobatdoshligi ham ana shu ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Seminarni o‘tkazishdan maqsad ushbu ko‘nikmalarni yaxshilash va ularni ish faoliyatida samarali qo‘llanishida yordam berish maqsadlarini qamrab oladi.

Seminarda akademiya tinglovchilari, tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bahs-munozara shaklida o‘tkazilgan seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.