Akademiya ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishga hizmat qiladi
Bank-moliya akademiyasida kafedralararo ilmiy seminar o‘z faoliyatini boshladi.
Kafedralararo ilmiy seminarni Akademiya rektori Elmurod Xoshimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida yangidan tuzilgan ilmiy seminar Ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash tuzishdagi ilk qadam ekanligi alohida qayd etib o‘tdi.
Shundan so‘ng, ilk yig‘ilishda akademiya doktoranti Yuldashev Obiddin Toshmurzayevichning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbekistonda hayot sug‘urtasini rivojlantirishning konseptual asoslari” mavzusida tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasining muhokamasi o‘tkazildi.
Kafedralararo ilmiy seminar keskin bahs-munozaralarga boy hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.