O‘zbekistonlik moliyachilar Kuala-Lumpurda yangi tajriba orttirmoqda
Xabar berganimizdek, Bank-moliya akademiyasi vakillari iqtisodiyot va moliya sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalarni, xususan, Malayziyaning bank-moliya tizimini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun Kuala-Lumpur shahriga jo‘nab ketishgan edi.
Ayni kunlarda vakillarimiz safar dasturiga asosan nazariy dars mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqdalar. Ularda malayziyalik yetakchi olimlar, davlat moliya institutlari vakillari va ekspertlar tomonidan “Pul bozorlari va islomiy investitsiya fondlarining faoliyati”, “Ijara nazariyasi va uning amaliy qo‘llanilishi”, “Davlat moliyaviy boshqaruvi tizimidagi innovatsion yondashuvlar” kabi mavzular taqdimot qilindi.
Shuningdek, Akademiya vakillari Malayziya Markaziy banki, Zakot tashkiloti ва Malayziya Islom banki kabi moliyaviy institutlarda amaliy bilim va koʼnikmalarni o‘rgandilar. Tashrif doirasida moliyaviy siyosat, xalqaro standartlar va islom moliyasidagi zamonaviy trendlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashinuvi ham amalga oshirildi.