• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashabbusi bilan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida O‘zbekiston bank-moliya tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur anjumanda respublika miqyosidagi malakali ekspertlar, yetakchi olimlar, sohaga ixtisoslashgan muassasalar vakillari va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir davomida yashil iqtisodiyot konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish yo‘llari, moliyaviy inklyuzivlikni ta’minlashning samarali mexanizmlari, bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlashda ekologik yondashuvlarning o‘rni haqida keng muhokamalar olib borildi.

Konferensiya doirasida “Yashil iqtisodiyotga o‘tishda yashil investitsiyalarning roli”, “O‘zbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llash istiqbollari”, “O‘zbekistonda iqlim iqtisodiyotining dolzarb masalalari”, “Toshkent” Respublika fond birjasida yashil obligatsiyalar savdolari va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda Fond birjasining o‘rni”, “Yashil iqtisodiyot sharoitida beriladigan soliq imtiyozlarining ahamiyati va mavjud muammolari” kabi mavzular yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi va fikr-mulohazalar almashildi:

Tadbir yakunida soha mutaxassislari tomonidan ilmiy g‘oyalar va amaliy takliflar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Konferensiya bank-moliya tizimining yashil iqtisodiyotga moslashuvi yo‘lida strategik qadam bo‘ldi hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platformaga aylandi.