Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 30-yanvar kuni Bank-moliya akademiyasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastavval 2024-yil davomidagi samarali mehnati va yutuqlari uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ishchilarga faxriy yorliq va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng yigʻilishda Akademiyaning ilmiy-pedagogik faoliyati, taʼlim jarayonini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi. Jumladan, 2024/2025 o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi uchun yetuk olim va amaliyotchi-ekspertlar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish, kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, tinglovchilar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi bo‘yicha nizom hamda 2025-yilda kafedralar tomonidan moliya va bank sohasi bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot mavzularini tasdiqlash, 2025-yilda xorijiy davlatlarda malaka oshirish va qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish kabi kun tartibidan o‘rin olgan masalalar ko‘rib chiqildi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga ularni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.