• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Yana bir qo‘shma ta’lim dasturi asosida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Bank-moliya akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti rasmiylari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilindi.

Muloqot davomida magistratura bosqichida “Bank ishi va risk menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Tomonlar xalqaro ta’lim standartlariga mos keluvchi dasturlarni ishlab chiqish, o‘quv jarayonini takomillashtirish va ikki tomonlama diplom berish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov o‘z so‘zida Akademiyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy bilimga ega kadrlarni tayyorlash borasidagi faoliyatiga to‘xtalib, Moliya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturi O‘zbekistonda moliya va bank sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

O‘z navbatida O‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha prorektor Yekaterina Kameneva Moliya universitetining xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasidagi tajribasi haqida so‘zlab, qo‘shma ta’lim dasturlari orqali yangi avlod professional menejerlarini tayyorlashga qaratilgan istiqbolli rejalar haqida gapirib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda talabalarga ikki tomonlama akademik imkoniyatlar yaratish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqishga kelishib oldilar.