• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Ozarbayjon universiteti bilan amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2025-yil 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti rektori Adalat Muradov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va moliya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tajriba almashish va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Ozarboyjon delegatsiyasi a’zolari Bank-moliya akademiyasining faoliyati, uning ilmiy va amaliy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishib, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda kelgusidagi rejalarga oid takliflarni bildirdilar.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida anglashuv Memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra tomonlar o‘zaro professor-o‘qituvchilar va magistratura talabalarining ilmiy va o‘quv hamkorligini rivojlantirish, tadqiqot nashrlari, kutubxona va ta’lim resurslaridan foydalanishni ta’minlash kabi yo‘nalishda hamkorlikni amalga oshiradilar.