• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Bank-moliya akademiyasi rahbariyati 2024-yil 17-dekabr kuni Koreya Respublikasining Handong Global universiteti, Sookmyung Womens universiteti hamda Sejong universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mavjud hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, birgalikdagi ilmiy-ta’lim loyihalarini kengaytirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ilmiy izlanishlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar stajirovkalari, malaka oshirish kurslari hamda birgalikda anjumanlar o‘tkazish borasida fikr almashdilar. Shu bilan birga, innovatsiya va raqamli iqtisodiyot, fin-tex hamda zamonaviy bank-moliya boshqaruvi kabi dolzarb sohalarda birgalikda ilmiy-ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.