• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Kelajak liderlarini tayyorlash: amaliy tajriba va bilimlar

Bugun, 18-dekabr kuni Bank-moliya akademiyasida “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov ishtirokida “Kelajak liderlarini tayyorlash: amaliy tajriba va bilimlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbir savol-javob shaklida o‘tkazilib, tinglovchilar va kelajak liderlari uchun qimmatli tajriba va tavsiyalarga boy bo‘ldi.

Biznesni boshqarish kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Murod Nazarov liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va muvaffaqiyatli rahbar bo‘lish uchun muhim bo‘lgan shaxsiy fazilatlar haqida fikr bildirdi. U zamonaviy bozordagi raqobat muhitida innovatsiya va jamoaviy ishni rivojlantirish ahamiyatini ta’kidladi.

Mahorat darsi davomida kelajak liderlari uchun maqsadlarni aniq belgilash va ularga bosqichma-bosqich erishish usullari haqida amaliy maslahatlar berildi. Murod Nazarov o‘z hayotidagi shaxsiy tajribasi va tadbirkorlik strategiyalari haqida ma’lumot berdi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Nazarov har bir savolga to‘liq javob berib, shaxsiy va professional rivojlanish haqida maslahatlar berdi.