• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Vaqtni va pulni boshqarish ilmi bo‘yicha mahorat darsi

2024-yilning 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida muvaffaqiyatli tadbirkor va MFactor loyihasi asoschisi Husan Mamasaidov ishtirokida “Vaqtni va pulni boshqarish ilmi” mavzusida maxsus mahorat darsi o‘tkazildi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, tinglovchilar vaqt va mablag‘larni samarali boshqarish, shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyatga erishish yo‘llari bilan tanishishdi.

Mahorat darsida Husan Mamasaidov o‘zining biznesdagi tajribasiga asoslangan holda, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va shaxsiy samaradorlikni oshirish usullari haqida so‘z yuritdi. U zamonaviy menejmentda muhim bo‘lgan “tartib, maqsadlar qo‘yish va ustuvorliklarni aniqlash” tamoyillarini yoritib berdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z vaqtlarini yaxshiroq boshqarish va pul oqimlarini to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar olishdi.

Ushbu mahorat darsi vaqtni boshqarish texnikalari va mablag‘lardan oqilona foydalanish borasidagi yangi bilimlarni o‘zlashtirishga xizmat qilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun amaliy ko‘rsatmalar va real hayotdagi misollar asosida tashkil etildi. Tadbir interaktiv formatda o‘tkazilib, ishtirokchilar Husan Mamasaidovga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.