• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Ochiq amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Bank-moliya akademiyasining “Iqtisodiyotni monetar tartibga solish”, “Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish”, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” magistratura mutaxassisliklari tinglovchilari uchun “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJda amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Moliya kafedrasi hamda Ishlab chiqarish munosabatlari va stajirovkalar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan amaliy tashrif avvalida tinglovchilar zavodning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdilar. So‘ngra zavod xodimlari bilan amaliy muloqotlar olib borib, marketing va mijozning ahamiyati, qiymatni yetkazib berish jarayoni, qiymatlar zanjiri xususida suhbatlashdilar.

Shuningdek, tinglovchilar tashrif davomida zavodning biznes bozorlarini tahlil qilish, bozor segmentatsiyasi, maqsadli segmentlarni tanlash bo‘yicha ish tajribasini o‘rgandilar hamda mas’ul ijrochining ish faoliyati bilan ham tanishdilar.

Amaliy tashrif chog‘ida tinglovchilar tomonidan o‘zlari tanlab olgan magistrlik dissertatsiyasi mavzulariga oid kerakli bo‘lgan integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalari va raqamli banking usullarini ishlab chiqish, uzoq muddatli samarali strategiya yaratish, marketing xizmati xodimlari va menejerlari, shuningdek, sotuvchi xodimlarning mehnat motivatsiyasi samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar oldilar.