• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Fintechlardan foydalanishda axborot xavfsizligi muhim masala

Bank-moliya akademiyasida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda moliyaviy texnologiyalardan foydalanish jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Kun tartibidan o‘rin olgan mavzu yuzasidan Axborot xavfsizligi bo‘yicha menejer, IT-auditor Kabirjon Tashpulatov taqdimot qilib, ishtirokchilarga zamonaviy fintechlardan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalarini yetkazdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mahorat darsi davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.