• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

O‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida «Skolkovo» Moskva boshqaruv maktabi rektori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘p qirrali hamkorlik aloqalariga asos bo‘ladigan ko‘plab takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida «Skolkovo» Moskva boshqaruv maktabi rektori Aleksandr Kim o‘zi rahbarlik qilayotgan muassasa va uning faoliyatiga doir muhim ma’lumotlarni keltirib o‘tdi. Shu jumladan, «Skolkovo» Moskva boshqaruv maktabining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalari va dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, moskvalik hamkorlar e’tiboriga Bank-moliya akademiyasi va uning faoliyatiga doir muhim ma’lumotlar havola qilindi. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Akademiya tomonidan belgilab olingan ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan muzokara olib bordilar. Muhokamalar yakunida hamohang maqsadlarni birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi.