Tanishtiruv haftaligi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kechki ta’lim shaklida tahsil olish uchun tavsiya etilganlar uchun tanishtiruv haftaligi o‘tkazildi.
Jarayonda Akademiya rahbariyati hamda tinglovchilikka tavsiya etilgan nomzodlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Savol-javob tarzida o‘tgan muloqot davomida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, o‘rnatilgan tartib-qoidalar hamda o‘quv platformalari haqida keng ma’lumot berildi.
Shuningdek, tinglovchilikka tavsiya etilgan nomzodlar o‘z mutaxassisliklari yo‘nalishidan kelib chiqib tegishli kafedralarda fan dasturlari va LMS o‘quv platformasi tizimidan foydalanish bo‘yicha dastlabki tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Eslatib o‘tamiz, kechki ta’lim shaklida o‘qishni tashkil etish Akademiya tarixida ilk bora amalga oshirilayapti va unda 5 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.