• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Yil yakunlari sarhisobi va keyingi rejalar taqdimot qilindi

Bugun, 1-mart kuni Bank-moliya akademiyasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2023 yilda “Jamoa shartnomasi” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tadbiri o‘tkazildi. Unda Akademiya rahbariyati, xodimlari va professor-o‘qituvchilari hamda Toshkent shahar tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi birlashgan qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Dastavval kun tartibidagi masala yuzasidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Nurbek Rizayevning hisoboti tinlandi.

Qayd etildiki, 2024-yil 1-yanvar holatiga Bank-moliya akademiyasida jami 93 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar mehnat faoliyatini olib borgan. Hisobot davrida Mehnat haqidan 1 foizlik ushlanmaning 0,5 foizi o‘tkazilishi hisobidan 64 973 003 so‘m kelib tushgan. Ushbu summaning 34 829 264 so‘mi turli tadbirlarni tashkil etish va xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan. Jumladan, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga mamlakatimizning 5 ta sihatgohiga sog‘liqlarini tiklash uchun yo‘llanma berildi. Yangi yil bayrami munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun 18 mln so‘mlik sovg‘alar xarid qilinib, tarqatildi. Moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan 14 nafar xodimga pul mablag‘lari ajratildi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yil davomidagi faolligi natijasida “O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasining “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovida faxrli 1-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari “O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va hizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari tizimida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Hisobotdan so‘ng, so‘zga chiqqanlar tomonidan Kasaba uyushma qo‘mitasi faollariga samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi. Bir guruh faol xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.