Tojikiston Milliy banki bilan istiqbolli hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti devonining moliya bo‘limi, Tojikiston Milliy banki va uning huzuridagi Ilmiy tadqiqot instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda tomonlar har ikki mamlakat o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini qayd etib, birgalikda malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, o‘zaro tashriflar tashkil etish orqali tajriba almashishga kelishib olishdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki tomon ham samarali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.