“Harvard” usuli yordamida magistrlik dissertatsiyasini yozish haqida foydali ma’lumotlar berildi
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi tomonidan iqtisodiyot va bank-moliya sohasining yetakchi amaliyotchi mutaxassislari, ekspertlari hamda olimlari ishtirokida tizimli ravishda mahorat darslari tashkil etib kelinmoqda. Shunday tadbirlarning navbatdagisida “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi: adabiyotlarni qidirish va sharhlash” mavzusi muhokama qilindi.
Dastavval kun tartibidagi mavzusi yuzasidan iqtisodiyot fanlari doktori, professor Komiljon Hotamovning ma’ruzasi tinglandi. Jarayonda adabiyotlarni qidirish, ikkilamchi ma’lumotlardan foydalanish, tizimli adabiyotlar qidiruvini amalga oshirish, qamrov va va kalit so‘zlarni aniqlab olish, tadqiqot muammosini topishda adabiyotlarni sharhlash kabi ilmiy tadqiqotning muhim jarayonlari keng yoritib berildi.
Mahorat darsi davomida tinglovchilar “Harvard” usulida magistrlik dissertatsiyasini yozish jarayonida adabiyotlarni qidirib topish va ularni sharhlash bo‘yicha zarur bo‘lgan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.