• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish — dolzarb masala

Bugun, 15 avgust kuni Bank-moliya akademiyasi pedagog jamoasi va xodimlari ishtirokida ta’magirlik va korrupsion holatlarni oldini olishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Akademiya rektori vazifasini bajaruvchi Elmurod Xoshimov, rektor maslahatchisi Nodir Jumayev va boshqalar so‘zga chiqib, qonunbuzarlik sodir etilishining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan Bank-moliya akademiyasining strategik maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Ta’kidlandiki, xodimlarning qaysi lavozimda mehnat qilishidan qat’iy nazar pora olish yoki berish, unga vositachilik qilishda ishtirok etishi nafaqat o‘z sha’niga dog‘ tushiradi, balki barcha jamoa a’zolari faoliyatiga keng jamoatchilikda noto‘g‘ri fikr shakllanishiga olib keladi. Shu bois o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rishi aslo mumkin emas. Korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga bevosita faol ko‘maklashish eng maqbul yo‘l hisoblanadi.

Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli bo‘linmalarga va mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Ayni qabul jarayonlari ketayotgan vaqtda har bir xodimning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, faoliyatning shaffofligi va samaradorligini oshirish, Akademiya jamoasi orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi ishlarni kuchaytirish lozimligi alohida qayd etib o‘tildi.