Akademiya tinglovchilari yaponiyalik olimlardan dunyo moliyaviy va iqtisodiy tizimlari bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar oldilar
Xabar qilganimizdek, Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Yaponiya Moliya vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma seminar o‘tkazildi.
Ikkinchi kungi seminar ishida “Jahon mamlakatlarida moliyaviy tizimlardagi pandemiya holatining natijalari” mavzusi muhokama qilindi. Yaponiya Markaziy bankining iqtisodiy va moliyaviy tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i Dr. Nao Sudo tomonidan qilingan taqdimot davomida pandemiyaning dunyo moliyaviy va iqtisodiy tizimlariga ta’siri batafsil yoritib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Yaponiya Moliya vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar instituti, Yaponiya Markaziy bankining rahbar xodimlari va yetakchi mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan taqdimotlar seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Seminar yakunida ushbu qo‘shma tadbir muvaffaqiyatli tashkil etilgani e’tirof etilib, keyingi seminar ishini joriy yilning noyabr oyida tashkil etishga kelishib oldilar.