• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

O‘zbekiston va Yaponiya Moliya vazirliklari bilan hamkorlikda xalqaro seminar o‘tkazildi

Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Yaponiya Moliya vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma seminar o‘tkazildi.

Tadbirni Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov, Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Xoshimov, Yaponiya Moliya vazirligi Siyosiy tadqiqotlar instituti Siyosiy muvofiqlashtirish va global iqtisodiyotni tadqiq qilish idorasi direktori Ryo Ishida kirish so‘zi bilan ochib, seminar ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.

Seminarda “Jahon iqtisodiyotida makroiqtisodiy natijalarni prognozlash” hamda “ Yaponiya moliya institutlarida korporativ boshqaruv” kabi mavzular muhokama qilindi.

Ushbu seminar ertaga, 9 avgust kuni o‘zi ishini davom ettiradi. Unda “Jahon mamlakatlarida moliyaviy tizimlardagi pandemiya holatining natijalari” mavzusi muhokama qilinadi.